Suares jarohat tufayli 4 haftaga safdan chiqdi

Sport 22:10 / 17.08.2017 7110

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suaresning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bu xabarni kataloniyaliklar rasmiy sayti ham tasdiqladi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Suares o‘ng oyoq tizzasidan jiddiy jarohat olgan va endilikda uning tiklanishi uchun to‘rt hafta muddat talab qilinadi. Natijada urugvaylik futbolchi Ispaniya chempionatining «Betis», «Alaves», «Espanol» va shuningdek, katta ehtimol bilan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, jamoa shifokorlari himoyachi Jyerar Pikening jarohati bo‘yicha ham xulosa berishgan. Pikening chov qismidan olgan jarohati unchalik jiddiy emas va u «Betis»ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: