Serial davom etadi: «Barselona» kelishuv yaqin deydi, «Liverpul» rad etadi

Sport 23:05 / 17.08.2017 7961

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Barselona» bosh direktori Xosep Seguraning yarimhimoyachi Filipe Koutino bilan kelishuvga erishish arafasida turgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Segura, oldinroq bergan intervyusida klub Koutino va Dembele transferi bo‘yicha ishlarni yakunlash arafasida turganini aytgandi.

«Nega odamlar gapirishi kerak bo‘lgan yoki bo‘lmagan gaplarni ham gapiraverishi sababini bilmayman. Men Segurani ham tanimayman va u bilan hech qachon uchrashmaganman.

Biz aytishimiz lozim bo‘lgan gapni (Koutino sotilmasligini) aytib bo‘lganmiz. Undan keyin menda boshqa yangilik yo‘q. Oxirgi suhbatimizdan keyin menga biror-bir kishi yangi gap aytgani yo‘q.

Koutinoning belida muammosi bor. U mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Xuddi boshqa jarohat olgan futbolchilardek. Uning qachon safga qaytishini bilmayman. Sizga bu mavzuda boshqa hech narsa deya olmayman», – degan Klopp Sky Sports xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: