Saudiya Arabistoni haj vaqtiga qatarlik ziyoratchilar uchun chegarasini ochadi 

Jahon 08:16 / 17.08.2017 6174

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon  ibn Abdulaziz Ol Saud joriy yilda hajni amalga oshirmoqchi bo‘lgan qatarliklarga Saudiya Arabistoni bilan quruqlikdagi chegarani kesib o‘tish uchun maxsus elektron ruxsatlar talab etilmasligini va ular uchun chegara ochiq bo‘lishini aytdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.  

Bundan tashqari, qirol o‘z hisobidan qatarlik ziyoratchilarni Dohadan samolyotlarda Saudiya Arabistoniga yetkazib qo‘yishga buyruq berdi.  

Joriy yilda hajning ado etilishi avgust oxiriga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun boshida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va boshqa bir qator davlatlar Qatarni ularning ichki ishlariga aralashishda va terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzib qo‘yishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: