Rossiyada dollar kursi bir oydan beri birinchi marta 59 rubldan tushdi

Iqtisodiyot 23:00 / 17.08.2017 15234

Rossiya rubli Brent navidagi neft narxi oshishi ortida mustahkamlanishda davom etib, dollar kursi 21 iyuldan beri birinchi marta 59 rubldan pastga tushdi.

Moskva birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, dollar kursi 18 avgust hisobi bilan 34 tiyinga, ya'ni 59,03 rublgacha, yevro kursi esa 61 tiyinga, ya'ni 69,3 rublgacha tushgan. Undan avval dollar kursi 58,995 rublgacha tushgandi.

Brent navidagi neft narxi esa 1,11 foizga ko‘tarilib, bir barrel uchun 50,83 dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: