OAV: MRB Ispaniyada terakt tayyorlanayotganidan ogohlantirgan

Jahon 23:46 / 17.08.2017 8019

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi avvalroq Ispaniya maxsus xizmatlariga Barselonada terakt sodir etilishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni taqdim qilgan. Ushbu ogohlantirish 2 oy oldin aytilgan edi, deb xabar bermoqda ispan OAV. 

Ma'lum bo‘lishicha, Kataloniya poytaxtining markazidagi Rambla piyodalar ko‘chasida olomon ustiga bostirib kelingan furgon ichida ispan pasporti topilgan. Mahalliy matbuotning ta'kidlashicha, avtomobil musulmon ko‘rinishdagi shaxs tomondan ijaraga olingan bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, shundan keyin jinoyatchi furgondan chiqib, yaqin oradagi kafe ichiga berkinib olgan va odamlarni garovdan ushlab turgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan va yana o‘nlab odamlar jarohat olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: