Messi Ramosning masxaromuz harakatidan keyin uni haqoratladi

Sport 10:18 / 17.08.2017 33493

Ispaniya Superkubogi uchun «Real» va «Barselona» o‘rtasida kechgan javob uchrashuvida Messi Ramosni haqorat qildi.

64-daqiqada o‘yin to‘xtatilgan vaqtda (bu vaqtda hisob 2:0 edi) Ramos to‘pni Messiga qaytarib berishga chog‘lanadi, Messi qo‘lini cho‘zganida esa Ramos to‘pni osmonga otib yuboradi. Bundan jahli chiqqan Messi esa Ramosni ochiqchasiga haqorat qildi.

Marca nashrida yozilishicha, Messi Ramosni «La concha de tu madre!» («zoti buzuq, razil»)  deya haqoratlagan.

Ramos bunga javob qaytarmagan va o‘yin davom ettirilgan.

«Real» ikkinchi uchrashuvda ham g‘alaba qozongach, (3:1, 2:0) Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu madridliklar ushbu kubok o‘ninchi marta ega chiqishi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: