Kun.uz qator mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etadi

O‘zbekiston 15:45 / 17.08.2017 21949

O‘z faoliyatiningizni O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan internet nashrlaridan biri - Kun.uz’da boshlashni istaysizmi? Ishga chanqoq, mas'uliyatli va o‘z sohasining ustasimisiz? Unda quyidagi e'lon aynan siz uchun.

Korrektor

Vazifasi: Saytda e'lon qilinishi lozim bo‘lgan xabar, maqola va turli materiallarning orfografik va grammatik to‘g‘ri yozilganini tekshirib boradi.

Talablar: O‘zbek tilining orfografik va grammatik qoidalarini mukammal bilishi, yuqori savodxonlik, mas'uliyatni his eta bilish hamda punktuallik.

Muxbir-jurnalist

Vazifasi: voqea joyidan reportaj tayyorlash, turli shaxslar bilan intervyu va suhbatlar uyushtirish va sohasi doirasida boshqa topshiriqlarni bajarish.

Talablar: Yuqori savodxonlik, ishga mas'uliyat bilan yondashuv, kompyuter va internetda ishlash malakasi hamda chet tilini bilish.

Eng asosiy talablar: Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarda mehnat faoliyatini yuritishni istovchilar 25-40 yosh orasida, 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari va to‘liq shtatda ishlashlari so‘raladi. O‘rindoshlik asosida ishlashni istovchilar nomzodi qabul qilinmaydi.  

Taklif:

– olti kunlik ish kuni;
– ishga chanqoq va ahil jamoa;
– metroga yaqin joyda joylashgan ofis; 
– bepul tushlik;
– 1,5 mln so‘mdan boshlangan maosh.

O‘zingiz haqdagi ma'lumotnomani info@kun.uz elektron manziliga yuborish so‘raladi.

Ko‘proq yangiliklar: