Elektr ta'minoti korxonasi xodimi o‘zi yozgan 1,5 mln so‘mlik jarimani o‘z hisobidan to‘ladi

Jamiyat 18:18 / 17.08.2017 14923

Beruniy tuman Xorazm ko‘chasidagi uyda yashovchi fuqaro Gulmira Allambergenova “Beruniy TETK” xodimlaridan noroziligi haqida yozma ariza bilan jamiyatga murojaat qildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi "Facebook"dagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi, deb yozmoqda Kruz.uz.

Arizada ko‘rsatilishicha, iste'molchining xonadonidagi elektr hisoblagichini 2017 yil 21 fevral kuni tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan zavod raqamining noto‘g‘ri ekanligi hamda elektr dasturida yo‘q, deb dalolatnoma tuzilgan. Natijada 35207-001526 sonli huquqbuzarlik dalolatnomasi tuzilib, jami 1 461 959.55 so‘m jarima qo‘llanilgan. 

Mazkur xatoga sababchi bo‘lgan Beruniy TETK xodimi A.X jamiyatga kelib tushuntirish xatini berish natijasida, 2013 yil 6 mart kuni haqiqatdan ham elektr hisoblagichini o‘rnatilgan vaqtda zavod raqami dalolatnomaga noto‘g‘ri yozib kelganligi, shu sababli abonentning shaxsiy kartasiga dalolatnoma bo‘yicha kiritilganligi to‘g‘risida tushuntirish xatini taqdim qildi. X.A o‘zining xato kamchiliklarini anglagach o‘z ixtiyori bilan o‘z hisobidan jami 1 461 959.55 so‘m jarima summasini to‘lab bergan.

Ko‘proq yangiliklar: