Filippinda bir necha kechada 25 jinoyatchi yo‘q qilindi

Jahon 12:07 / 17.08.2017 3084

Filippin poytaxti Manilada bir kechaning o‘zida 25 nafar jinoyatchi o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga asosan.

Maniladagi politsiya bo‘linmasi boshlig‘i Joel Napoleon Koronelning so‘zlariga ko‘ra, 14 kishi giyohvandlikka qarshi reydlar davomida o‘ldirilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yana 11 kishi “narkotik moddalar bilan shug‘ullangan talonchilar” bo‘lgan.

Avvalroq Filippinda og‘ufurushlarga qarshi reydlar davomida 30 dan ko‘proq jinoyatchi yo‘q qilingani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: