Ecover - uy, xonadon va binolarni qishda issiq, yozda salqin qiladigan zamonaviy mahsulot

Fan-texnika 17:53 / 17.08.2017 12827

Odamlar qadim zamonlardan beri uy qurishda xona haroratining tashqi muhit bilan almashishini inobatga olishgan. Chunki, qishda uy ichidagi issiqlik ko‘chadagi sovuq havoga chiqib ketaversa, uy ham ko‘chadek sovuq bo‘lib qolishi yoki yozda ko‘chadagi issiq havo uy ichidagi sovuq havo bilan almashsa, uy ham isib ketishini bilishgan.

Shu bois, uy devorlari imkon boricha issiqlikni kam o‘tkazadigan mahsulotdan qilinishiga katta e'tibor qaratilgan. Bu jarayon vaqtlar o‘tishi bilan rivojlanib, avval toshlar, keyin yog‘och va loy, yaqingacha esa xom va pishiq g‘ishtdan uy qurish eng optimal yechim bo‘lib xizmat qilgan.

Rivojlanish esa bir joyda to‘xtab qolmaydi, bugungi kunga kelib olimlar yashash sharoitini yaxshilash maqsadida bir talay ishlar qilishgan va qilishmoqda. Shulardan bir nechtasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ecover — milliy mahsulotlari uchun qo‘llanilmoqda.

Ular uy, dacha, ofis va boshqa qurilish binolarida tom ostida ingichka qoplama, shift, devor, xonalar orasidagi devorlar, pol va podval uchun foydalaniladi hamda o‘zidan issiqlikni kam miqdorda o‘tkazishi sabab, binolarni qishda issiq, yozda salqin ushlab turishda eng zamonaviy yechim hisoblanadi.

Shu tariqa, qishda uy ichida issiqlik hosil qilish uchun kam energiya sarflanadi va yozda uy ichini sovutishda konditsioner xizmatidan kam foydalanilib, elektr toki ham kamroq sarflanadi.

Bundan tashqari Ecover mahsulotlari shovqinni ham yaxshi ushlaydi va ularning namlikka bardoshliligi bois hammom, sauna, oshxona, kafe va restoranlar, issiqxonalar, basseynlarda ham keng foydalaniladi.

Shunday ekan, dunyo rivojlanayotgan va uy qurilishi uchun issiqlikni kam o‘tkazadigan yangi mahsulotlar taqdim etilayotgan bo‘lsa va ular hamyonbop, sinalgan, ishonchli, tabiiy toza hisoblansa, ulardan foydalanish albatta, maqsadga muvofiq.

Bunday imkoniyatni 2015 yilning aprelida Jizzax erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan «Ekoklimat» kompaniyasi taqdim etmoqda. Ushbu zavod Markaziy Osiyo va Kavkaz hududida birinchi bo‘lib tashkil etilgan. Hozirda yiliga 10 ming tonna steklovata mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Bu miqdor esa nafaqat O‘zbekistondagi talabni, balki eksport hajmini ham qoplaydi.

Ecover steklovatalari uch xil turda — bir tomoniga alyumin folga qoplangan va qoplanmagan rulonli hamda plita ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Ular turli o‘lcham, vazn, qalinlik va issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Quyidagi jadvalda ular bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, zavod katta talablar uchun istalgan o‘lchamda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Ecover — uy, xonadon va binolarni qishda issiq, yozda salqin qiladigan zamonaviy mahsulot.

«Ekoklimat» kompaniyasi manzillari:

  • Toshkent shahrida: Mirobod tumani, Eski otchopar ko‘chasi, 3-uy;
  • Jizzaxda: «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi, A promzona.

Telefonlar:

  • +998(71) 291-17-80
  • +998(71) 283-48-14
  • +998(97) 157-74-77
  • +998(90) 959-74-22
  • +998(99) 830-00-96

Elektron pochta manzillari:

  • info@ecover.uz
  • marketing@ecover.uz

Batafsil ma'lumotlar bilan ecover.uz saytida tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga, siz bilan aloqaga chiqishlari uchun saytda ariza qoldirish imkoniyati ham mavjud.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: