Davlat don inspeksiyasi oldiga yangi vazifalar qo‘yildi

O‘zbekiston 12:19 / 17.08.2017 11678

Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ–3179-son «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
Ma'lumot uchun: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi 1996 yilda «O‘zdonmahsulot» davlat korporatsiyasining Respublika davlat don inspetsiyasi negizida tashkil etilgan.
 
Hujjat bilan Davlat don inspeksiyasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati tuzilmasi hamda hududiy inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
 
Muassasaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritilgan:

•  don va uni qayta ishlash mahsulotlari davlat resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi va nobudgarchiligi kamaytirilishi ta'minlanishi, davlat resurslari uchun xarid qilinadigan don va urug‘lik, dukkakli don, moyli o‘simliklar miqdori va sifati hamda don yetishtirish, g‘alla qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida ular uchun hisob-kitoblar to‘g‘ri belgilanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
•  don va uni qayta ishlash mahsulotlarini texnik tartibga solish, shuningdek, qabul qilib olish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash usullari sohasida normativ-texnik hujjatlarning talablariga rioya etilishini muntazam nazorat qilib borish;
•  respublika ichida tashish, davlat rezervini joydan joyga ko‘chirish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida sifat sertifikatlarini bergan holda don va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifatini albatta davlat inspeksiyasidan o‘tkazish;
•  don yetishtiruvchilarga hamda donni saqlash va qayta ishlash korxonalariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, o‘rnatilgan qoidalar va talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ular bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;
•  mamlakat ichida foydalaniladigan va eksport-import operatsiyalarida don va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifati bo‘yicha yuzaga kelgan nizoli masalalarni o‘z vakolati doirasida hal qilish.

Ko‘proq yangiliklar: