Barselonadagi terakt gumondorlari qo‘lga olindi

Jahon 23:20 / 17.08.2017 10314

Barselonadagi teraktni sodir etganlikda gumon qilinayotgan Dris Ukabir qo‘lga olindi. Bu haqida El Periodico xabar berdi. 

Shuningdek La Vanguardia gazetasi ham Ukabir va teraktga aloqador yana bir kishining qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi. 

Bundan avval Barselonada yashil chiroqda yo‘lning yo‘lovchilar harakatlanadigan joyidan o‘tayotganlar ustiga furgon bostirib kelgani, keyinroq furgonni ijaraga olgan kishining shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan, transportlar harakati to‘xtatilgan. Politsiya voqeani terakt deb atagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni - kamida 13 kishi, yana ko‘plab kishilar jarohatlangan. 

Barselona markazida mikroavtobus yo‘lovchilar ustiga bostirib kirdi

Barselonada odamlar avtofurgonda bosib ketilgan hududda otishma yuz berdi

Barselonadagi terakt qurbonlari haqida ilk ma'lumotlar

Barselonadagi terakt ijrochisi shaxsi aniqlandi

Ko‘proq yangiliklar: