Barselonada odamlar avtofurgonda bosib ketilgan hududda otishma yuz berdi

Jahon 21:30 / 17.08.2017 8596

El Periodico nashri avvalroq avtofurgon haydovchisi Barselonaning Rambla ko‘chasida odamlarni bosib ketgan Bokeriya bozori hududida otishma yuz berganini ma'lum qildi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bozor yonidagi turk restoraniga ikki qurollangan kishi bostirib kirgan. Taxmin qilinishicha, ular restorandagi odamlarni garovda ushlab turishibdi.  

Avvalroq Rambla ko‘chasida haydovchi furgonda odamlarni qasddan bosib ketgani ma'lum qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi 530 metrlik masofa davomida piyodalarni bosib ketavergan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan.  

Ko‘proq yangiliklar: