«Barselona»: Biz ular bilan shartnoma imzolashga yaqinmiz

Sport 10:56 / 17.08.2017 13131

«Barselona» yozgi transferlar vaqtida «Liverpul»dan Filippe Koutinoni va Dortmundning «Borussiya» klubidan Usmon Dembeleni transfer qiladi. Bu haqda klub menejyeri Pep Segura ma'lum qilgan.

«Biz yaqin kunlar ichida tarkibni kuchaytiramiz. Koutino va Dembele deysizmi? Biz ular bilan shartnoma tuzishga yaqinmiz. Hozircha jarayon yakuniga yetmagan, shu tufayli oldindan bir narsa deya olmayman. Ular «Barselona» futbolchilariga aylanishiga umid qilmoqdamiz», - deya Seguraning so‘zlarini keltirgan Football Espana.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli Filippe Koutino «Liverpul» uchun 36 o‘yinda maydonga tushgan va 14 gol urib, 9 golga uzatma bergan. 20 yoshli Usmon Dembele esa o‘tgan mavsumda «Borussiya»ning barcha turnirlari doirasida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urgan hamda 21 golli uzatma muallifiga aylangan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, bu ikki futbolchi uchun kataloniyaliklar jamoasi 200 mln yevro sarflashga tayyor.

Ko‘proq yangiliklar: