Yaponiyadagi barda maymunlar ofitsiantlar sifatida ishlamoqda

Jamiyat 20:06 / 17.08.2017 8594

Yaponiyaning Utsunomiya shahrida ofitsiantlar sifatida maymunlar ishlaydigan Kayabuki bar kafesi faoliyat ko‘rsatadi. Kafe egasi Kaoru Otsukiga ilk maymun Yachchanni uning do‘sti bir necha yil avval sovg‘a qilgan. Maymun shunchalik qobiliyatli bo‘lib chiqqanki, qandaydir vaqtda o‘zidan yoshroq bo‘lgan maymunni salfetkalar tarqatishga o‘rgatgan.

Kafedagi bosh ofitsiant 17 yoshli Fuku-tyan laqabli makaka bo‘lib, u mijozlarga salfetkalar va ichimliklar olib boradi.

Fuku-tyanni dasturxon tuzashga Yachchan o‘rgatgan. Ayni vaqtda kafe egasida yana bir nechta makaka bolalari bor, biroq ular hozircha ofitsiant sifatida ishlay olmaydilar, ammo mijozlar bilan bajonidil suratga tushadilar.

Kafe egasining aytishicha, maymunlar unga oilasidan ham yaqinroq bo‘lib ketgan.

“Men ularni har kuni kuzataman, ovqatlantiraman, tarbiyalayman va uxlashga yotqazaman”, deb aytmoqda yaponiyalik.

Ba'zilar Otsuki maymunlarni ekspluatatsiya qiladi, deb hisoblaydilar, biroq Otsukining ta'kidlashicha, maymunlar o‘z ishlaridan zavq oladilar. 

Ko‘proq yangiliklar: