Andijonda mingdan ziyod ishchi o‘riniga ega O‘zbekiston – Xitoy  qo‘shma korxonasi ishga tushadi

Jamiyat 15:35 / 17.08.2017 11698

Andijon tumanidagi uzoq yillardan buyon foydalanilmay kelayotgan “Oq yor” korxonasi o‘rnida “Andijon Silk Ko” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ish boshlaydi. Qo‘shma korxona pillani qayta ishlab, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi.

Ushbu loyihaning investitsiya qiymati 6 million dollar bo‘lib, loyiha to‘liq ishga tushirilganda 1000 ga yaqin yangi ish o‘rini yaratiladi va yiliga 30 million dollarlik eksport amalga oshirish quvvatiga ega bo‘ladi. 
Qo‘shma korxona inshootlarini qurilish ishlariga dastlabki tamal toshini “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov va viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovlar qo‘ydilar. 

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: