Amazon obligatsiyalariga talab hajmi Belarus YaIM bilan teng bo‘ldi

Fan-texnika 16:45 / 17.08.2017 4854

Amazon kompaniyasi umumiy miqdori 16 mlrd dollar bo‘lgan obligatsiyalarni chiqardi, ularga bo‘lgan talab hajmi Belarus yalpi ichki mahsuloti bilan tenglashdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, obligatsiyalarning chiqarilishidan tushgan pullar Amazon iyun oyi o‘rtalarida xarid qilgan Whole Foods sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari supermarketlari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.

CNBC’ning Deutsche Bank’ga asosan xabar berishicha, onlayn-riteylerning obligatsiyalariga talab juda yuqori bo‘lgan, murojaatlar hajmi 49 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu esa Belarus YaIM bilan barobar.

Ko‘proq yangiliklar: