Axborot texnologiyalari vazirligining harbiy xizmatchilari sug‘urtalanadi

O‘zbekiston 11:01 / 17.08.2017 3943

Vazirlar Mahkamasining 26.01.1994 yildagi 38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiymajburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Endilikda ushbu hujjatning amal qilishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiylashtirilgan bo‘limlariga ham tatbiq etiladi. Sug‘urtalash vazirlikka byudjyetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Sug‘urta shartnomasi “O‘zbekinvest” EIMSK bilan tuziladi. Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 611-son qarori bilan tegishli tuzatishlar kiritilgan.
 
Ma'lumot uchun: sug‘urta summasi quyidagi hollarda to‘lanadi:

•  sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir 1 yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda - uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda);
•  sug‘urtalanagan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin 1 yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda;
•  sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda.

Ko‘proq yangiliklar: