Afrikada muhojirlar soni 20 mln dan oshib ketdi

Jahon 21:15 / 17.08.2017 3522

Afrikada boshqa joyga majburiy ko‘chib o‘tganlar va muhojirlar soni 20 mln kishidan oshib, rekord darajaga yetdi. Bu haqda AQShda faoliyat ko‘rsatuvchi Afrika strategik tadqiqotlari markazi hisobotida aytilgan. 

Noqonuniy muhojirlar hisobga olinsa, ularning soni yanada ko‘proq bo‘ladi.

Hisobotdagi ma'lumotlarga ko‘ra, 20 mln kishidan 63 foizi, ya'ni 12,7 mln nafarini majburiy ko‘chib o‘tganlar, 33 foizini (6,7 mln) qochqinlar, 3 foizini (690 ming) esa tashqi muhojirlar tashkil qiladi. 

Majburiy ko‘chib o‘tganlar va muhojirlarning 75 foizini Sudan, Janubiy Sudan, Kongo, Somali va Nigeriya fuqarolari tashkil qiladi. Ulardan keyin Markaziy Afrika Respublikasi, Eritreya, Burundi, Efiopiya va Kot-d'Ivuar fuqarolari keladi.

Afrikadagi 44 mln dan ko‘proq odam shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj yoki juda og‘ir sharoitlarda yashaydi.

Hisobotda ta'kidlanishicha, Somali, Nigeriya va Janubiy Sudanning ba'zi hududlari aholisi ocharchilik yoqasida turibdi. 

O‘tgan yilning o‘zida Markaziy Afrika Respublikasi, Keniya, Mali, Nigeriya, Somali va Janubiy Sudanda gumanitar tashkilotlarning 51 xodimi o‘ldirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: