Abdulla Aripov: «O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligiga xalaqit beruvchi to‘siqlar bartaraf etiladi»

O‘zbekiston 01:13 / 17.08.2017 11759

«Biz O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro manfaatli hamkorligiga raxna soluvchi barcha to‘siqlarni olib tashlaymiz», — degan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik, chegaralarni delimtiatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishida. Bu haqda 24.kg ma'lum qilmoqda.

A.Aripovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlarining doimiy muloqotda bo‘lib turgani sababli 2016 yildan buyon ikki davlat o‘rtasida barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlar sezilarli tarzda jonlangan.

Bosh vazirning qayd etishicha, sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng ishlarning qayta tiklanishi — ikki tomonlama hamkorlik holatini tahlil qilish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy chora-tadbirlarini ishlab uchun uchun yaxshi imkoniyatdir.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalar ekan, Abdulla Aripov O‘zbekistonda 2017–2021 yillar uchun harakatlar startegiyasi qabul qilinganini qayd etib, unga ko‘ra iqtisodiyotning o‘sishini ta'minlash, uni liberallashtirish va raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilganini aytib o‘tdi.

«Mamlaktimizda avtomobilsozlik, neft-kimyo, farmatsevtika va maishiy elektronikaning bir qator yuqori texnologiyali sohalari yaratildi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, elektrotexnika, kimyo va tekstil sanoati ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida tubdan zamonaviylashtirildi. Bizning qirg‘izistonlik hamkasblarimiz ham ana shunday natijalarga erishgan, deb umid qilamiz», — dedi Abdulla Aripov.

«Biz anchadan beri filmotekalarimiz bilan alishmadik», — dedi hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Abdulla Aripov.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra 2017 yil oktabr oyida ikki mamlakatda bir vaqtning o‘zida tashkillashtiriladigan madaniyat kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

«Biz hamma narsani qayta ko‘rib chiqib, toza varaqdan boshlashimiz, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan vaqt o‘rnini to‘ldirishimiz kerak», — degan O‘zbekiston hukumat rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: