Barcha zamonlarning eng yaxshi bokschilari reytingi e'lon qilindi

Sport 19:55 / 16.08.2017 20659

BoxRec nashri barcha zamonlarning eng yaxshi bokschilari reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, reytingning eng yuqori pog‘onalarini Rey Robinson, Archi Mur, Menni Pakyao, Bernard Xopkins, Muhammad Ali, Xuliso Sezar Chaves, Jo Luis, Sem Lengford, Evander Xolifild, Roy Jons, Garri Uills, Roberto Dyuran, Oskar De La Xoyya, Garri Grib va Azuma Nelson kabi mashhur bokschilar egalladilar.

Reytingga faoliyati davomida biror marta yutqazmagan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer boshchilik qilmoqda. Ta'kidlash joizki, mutaxassislar reytingni tuzishda jangchilarning statistikasidan kelib chiqishgan.

E'tiborlisi, reytingga ukrainalik professional bokschi Vladimir Klichko ham kiritilgan. Unga bu nufuzli reytingdan 17-o‘rin berildi. U buning evaziga Karlos Monson (19-o‘rin), Marvin Xagler (24), Tomas Xirns (25), Jo Gans (26), Feliks Trinidad (60), Mayk Tayson (73) va boshqa ko‘plab mashhur bokschilarni ortda qoldira oldi.

Quyida reytingning yetakchi yigirmataligi berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: