O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston TIV rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston 15:20 / 16.08.2017 3153

2017 yilning 16 avgust kuni Ostona shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov bilan uchrashdi. 

Ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari hamda ayrim mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Ostona shahrida O‘zbekiston Elchixonasining yangi binosini qurish ishlarini boshlashni tezlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri topshirig‘iga binoan Qayrat Abdrahmanovga 2017 yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash bo‘yicha xalqaro konferensiyaga rasmiy taklifnoma topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: