O‘zbekiston 2019 yildan xorijga chiqish pasportlarini joriy etadi

O‘zbekiston 17:00 / 16.08.2017 50291

O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportlari 2019 yilning 1 yanvaridan joriy etiladi. Chiqish stikerini rasmiylashtirish ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi farmonni imzoladi. Farmon matni davlat rahbari saytida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining 2011 yil namunasidagi amaldagi biometrik pasporti shaxsni va egasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi, hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi.

O‘zbekiston fuqarolari kirish uchun chiqish vizasini rasmiylashtirishi talab etilmaydigan davlatlar hududiga 2011 yil namunasidagi biometrik pasport orqali 2021 yilning 1 yanvariga qadar kirishi mumkin. 

Viza rejimidagi mamlakatga kirish uchun amaldagi biometrik pasportdan undagi xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stikerning muddatiga yakuniga qadar foydalanish mumkin.

Xorijga chiqish uchun biometrik pasportning davlat standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilning 1 dekabriga qadar tasdiqlanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: