O‘z-o‘zidan qayta tiklanuvchi smartfon oynasi ixtiro qilindi

Fan-texnika 19:30 / 16.08.2017 9975

Motorola kompaniyasi o‘z-o‘zidan qayta tiklanuvchi aqlli smartfon oynasini ishlab chiqarish uchun patayent oldi. Buning uchun shaffof plastik yoki shishasimon polimerdan foydalanish rejalashtirmoqda. SlashGear shu haqida xabar berdi. 

Qurilma mustaqil ravishda ekrandagi kamchiliklar va ularning xususiyatlarini aniqlaydi. Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, foydalanuvchiga ekranni qayta tiklash jarayonini ishga tushirish taklif qilinadi, bu vaqtda smartfondan foydalanish taqiqlanadi. Bunday ta'mirlov telefonning o‘zidan ishlab chiqariladigan issiqlik yordamida amalga oshiriladi. 

Shunday bo‘lsa-da, Motorola'da yangi texnologiya jiddiy kamchiliklarni qayta tiklash imkonini bermasligi, faqat "ba'zi defektlarni to‘g‘irlashi" ta'kidlanadi. Masalan, smartfon ekrani to‘liq singan bo‘lsa, uni tezda ta'mirlashning iloji yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: