Tesla endi mijozlarning uylarida ham zaryad stansiyalarini o‘rnatadi

Fan-texnika 21:45 / 16.08.2017 3366

Tesla kompaniyasi mijozlarining xususiy uylarida ham elektrokarlar uchun zaryad stansiyalarini o‘rnatish imkonini taklif qilmoqchi. Autocar shu haqidagi yangiligi bilan bo‘lishdi. 

Dastlab faqat AQShdagi Tesla elektrokarlari egalarigigana ushbu xizmat turidan foydalanish imkoni taqdim etiladi. Keyinchalik esa, dastur boshqa mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 

Taxminan 1000 yevroga baholanuvchi xizmat turi har qanday qulay joyda 240 voltli zaryadkani o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Elektrokar egasi undan foydalanib, 40 kilometrgacha yo‘l bosishi mumkin.

Tesla bir necha yildan beri Supercharger zaryad stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirmoqda. Bugungi kunda kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 4,5 mingdan ziyod shoxobchasi mavjud. 

Ko‘proq yangiliklar: