OTMK “Yoshlik II” konini o‘zlashtirishga 420 mln dollar yo‘naltiradi

O‘zbekiston 12:47 / 16.08.2017 7932

“Olmaliq TMK” AJ “Yoshlik II” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga 420 mln dollar yo‘naltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 15 avgust kuni “Olmaliq TMK” AJni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

O‘zbekiston rahbari umumiy dastlabki qiymati 420 mln dollarga teng bo‘lgan “Yoshlik II” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha taklifni ma'qulladi.

Qarorda ta'kidlanishicha, kon yer osti usulida, ishlab chiqarish hajmi yiliga 2 mln tonna rud qazib olishni tashkil etgan holda o‘zlashtiriladi. Kon 2023 yilda loyiha quvvatiga chiqadi.

Investitsiya loyihasi doirasida avtomobil yo‘llari, 35/6 kV.lik ikki zanjirli elektr uzatish liniyalari, nimstansiyalar, yuklash estakadalari, kompressor stansiyasi va muhandislik infratuzilmasining boshqa obektlari quriladi.

Loyiha “Olmaliq TMK” AJning o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi, “Ipoteka-bank” va “Asaka” banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. 

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi loyihani moliyalashtirish uchun kamida 350 mln dollar ajratadi. Kredit 15 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: