Mirziyoyev Hindiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 12:31 / 16.08.2017 9194

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Himachal-Pradesh shtatida yuz bergan ko‘chki oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Ximachal-Pradesh shtati, Mandi okrugida milliy ahamiyatdagi avtomagistralga ko‘chki surilib, o‘zi bilan ikkita yo‘lovchi avtobusini bosib qolgan. Shtat politsiyasi vakili Sandip Kadamning ma'lum qilishicha, voqea oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan va yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: