Qozog‘iston mudofaa vaziri O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 19:45 / 16.08.2017 8121

Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzaqov boshchiligidagi delegatsiya 17—18 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashrif davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligida uchrashuv o‘tkazish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Qozog‘iston delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: