Koutino «Liverpul» uchun o‘ynashdan bosh tortdi

Sport 19:10 / 16.08.2017 9771

«Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutino «Barselona»ga o‘tishga qat'iy qaror qilgan va hozirgi klubi uchun ortiq o‘ynamoqchi emas.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, braziliyalik bu futbolchi jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppga o‘z qarori, bu qarori amalga oshishi uchun bor imkoni bilan kurashish haqida aytgan. Bundan tashqari, u agar o‘z transferiga ruxsat berilmasa, yangi mavsumda maydonga tushmasligi haqida ogohlantirgan.

Inglizlar klubi Filippe Koutinoni qo‘yib yuborishni istamayapti. Futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli 100 mln yevroga teng.

Bundan avvalroq ispan nashrlari «Barselona» shu hafta oxiriga qadar Koutino, hamda«Borussiya»dan Usmon Dembeleni jami 200 mln yevro evaziga transfer qilishi haqida xabarlar tarqatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: