Germaniyada jo‘natmalar o‘z egalariga Ford elektr furgonlarida yetkaziladi

Fan-texnika 23:50 / 16.08.2017 3289

Joriy yil oxirigacha Germaniyaning Deutsche Post DHL Group pochta kompaniyasi Ford Transit negizida qurilgan 150 ta elektr furgon oladi. 2018 yil oxirigacha esa StreetScooter Work XL deb nomlangan bunday avtomobillardan 2500 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Furgonlar 30 dan 90 kilovatt-soatgacha sig‘imga ega batareyalar komplekti bilan jihozlanadi. Bu batareyalar avtomobillarga qayta quvvatlanishsiz 80 km dan 200 km gacha yurishga imkon beradi. “Ford” hisob-kitoblariga ko‘ra, har bitta shunday mashina har yili 1900 litr dizel yoqilg‘isi tejash va CO2 (karbonat angidrid) darajasini 5000 kg gacha tushirish imkonini beradi.

XL modifikatsiyasidagi kuzov 50 kubmetr yukni yoki 200 tadan ko‘proq jo‘natmani sig‘dira oladi. Ayni vaqtda bu nemis pochta xizmati avtomobillari orasidagi eng katta elektr furgondir. Xizmatda shuningdek 4 va 8 kubmetrlik kuzovlarga ega avtomobillardan 3 mingga yaqin bor.

Ko‘proq yangiliklar: