Filippinda maxsus reydlarning ikki kunida giyohvandfurushlikka aloqador bo‘lgan 21 kishi o‘ldirildi.
Bundan tashqari, politsiya 64 gumonlanuvchini hibsga oldi, 21 ta o‘qotar qurol va 100 gramm metamfetamin moddasini qo‘lga kiritdi. Huquq-tartibot idoralari hammasi bo‘lib mamlakatning 12 ta shahrida 26 ta operatsiya o‘tkazishgan.
Ta'kidlash joizki, Filippin hukumatining giyohvandfurushlikka qarshi katta ko‘lamli kurashi davomida politsiyachilar 30 iyulda Ozamis shahri meri, uning 6 nafar qarindoshi va qo‘riqchilarini otib o‘ldirishgandi. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘zining an'anaviy murojaatida xalqaro tashkilotlar tomondan tanqid qilinishiga qaramasdan, giyohvandfurushlarga qarshi qat'iy kurashni davom ettirishini aytgan.