Dembele mashg‘ulotlarga qaytdi, ammo unga jamoadoshlari bilan gaplashish taqiqlandi

Sport 15:35 / 16.08.2017 4691

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembele mashg‘ulotlarga qaytarildi. Ammo unga jamoadoshlari bilan so‘zlashish taqiqlandi. Bu haqda Get Footbal News Germany xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 20 yoshli bu hujumchi klubdoshlaridan alohida shug‘ullanadi. Qayd etilishicha, unga klubdoshlari bilan so‘zlashish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi «Barselona»dan o‘zi uchun kelgan takliflar rad etilgach, noroziligini ochiq bildirib, mashg‘ulotlardan biriga kelmagandi. Shundan so‘ng, klub uni noma'lum muddatga jamoadan chetlatgan, unga katta jarima qo‘llagandi.

Kataloniyaliklar klubi Dembeleni Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda va uning uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. Ammo «Borussiya» bu hujumchisi uchun 150 million yevrolik narx belgilab qo‘ygan.

Dembele o‘tgan yil yozida Fransiyaning «Renn» klubidan «Borussiya»ga kelgan. O‘tgan mavsumda u dortmundliklar uchun barcha turnirlar doirasida 49 uchrashuvda maydonga tushib 10 gol urgan hamda 21 golga uzatma bergan.

Ko‘proq yangiliklar: