Aripov: «Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman» 

O‘zbekiston 18:50 / 16.08.2017 5217

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda so‘z olgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining azaliy qardoshlik munosabatlari, urf-odat va an'analari o‘xshashligi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi, deb xabar beradi Uzbekistan24.uz.

“Keyingi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Davlat rahbarlarining muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Hukumatlararo komissiya majlisi so‘nggi marta 2009 yilda o‘tkazilgan edi. Bu muloqot esa oradagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun qulay imkoniyatdir. Ikki davlat ko‘plab sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yil sayin ortishidan ikki tomon ham manfaatdor.   

Madaniy-gumanitar yo‘nalishda xozircha biroz oqsash ko‘zga tashlangandek. O‘zbekiston tomoni bu sohani rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini sarflashga tayyor. Bu yil Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman, 2018 yilda esa Qirg‘iziston madaniyat kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tsa. Shuningdek, kinematografiya sohasida ham o‘zaro almashinuvni ko‘rib chiqish lozim”, - degan Aripov.

Ko‘proq yangiliklar: