Andrey Malaxov "Rossiya 1" telekanaliga o‘tdi

Jamiyat 08:42 / 16.08.2017 14021

Teleboshlovchi Andrey Malaxov Birinchi kanaldan "Rossiya 1"ga o‘tmoqda, u yerda “Jonli efir” tok-shousiga boshlovchilik qiladi, deb xabar berdi RIA Novosti’ga vaziyat bilan tanish manba.

Shu paytga qadar "Jonli efir"ga Boris Korchevnikov boshlovchilik qilib kelgandi.

"Malaxov "Rossiya 1"da "Jonli efir"ni olib boradi”, - degan agentlik suhbatdoshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, teleboshlovchi dastur ustida ishlovchi jamoa bilan uchrashishga ham ulgurgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Malaxov ishtirokidagi yangi dastur avgust oxirlarida efirga chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, Malaxov "Rossiya 1"da nafaqat teleboshlovchi, balki qator loyihalarning hamprodyuseri bo‘ladi, deya qayd etgan agentlik suhbatdoshi. "Rossiya 1"da yaqin orada Malaxov Birinchi kanalda olib borgan “Bugun kechqurun” ("Segodnya vecherom") ko‘rsatuviga o‘xshash dastur ham paydo bo‘lishi mumkinligi istisno etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Birinchi kanal efiriga “Gapiraverishsin” ("Pust govoryat") dasturi Malaxovsiz chiqdi. U ushbu boshlovchining televideniyedagi faoliyati, shuningdek, OAVning teleboshlovchi dasturdan ketayotgani haqidagi xabarlariga bag‘ishlandi. Dasturga Dmitriy Borisov boshlovchilik qildi.

Ko‘proq yangiliklar: