Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston 12:45 / 16.08.2017 21036

Anvar Usmanov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 14 avgustda bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan. Unga muvofiq, Anvar Akramovich Usmanov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ruslanbek Quroltoyevich Davletovni Adliya vazirligining yangi rahbari sifatida tayinlagani xabar berilgandi. Mahmud Istamov esa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. Sobiq Adliya vaziri Muzraf Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: