8 yil o‘tib. O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyatini tikladi 

O‘zbekiston 23:00 / 16.08.2017 7489

16 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hukumatlararo komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov raisligida o‘tgan majlisda Qirg‘iziston hukumati rahbari avvalgi yig‘ilishdan buyon 8 yil o‘tgani, bu esa yetarlicha katta muddat bo‘lgani haqida qayd etib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash eng muhimi ekani haqidagi gaplarini iliq qarshi olgan.

«Qirg‘iziston bilan hamkorlikni faollashtirish uchun qulay muhit yaratildi, masalan, Umumiy imtiyozlar tizimi plyus (VSP+) yoki Yevroittifoq va YeOIH bozorlariga bojsiz chiqish. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish zarur. Biz ikki xalqning rivojlanishi to‘siq va cheklovlar olib tashlanishiga bog‘liq ekanligini tushundik», — degan Qirg‘iziston bosh vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u va uning o‘zbekistonlik hamkasbi chegaradagi o‘tkazish punktlarini ochish, tranzit yuklarini o‘tkazish va o‘zaro loyihalar yaratish zarurligini e'tirof etishgan.

Ushbu majlisdan keyin Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlisi ham o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: