Ronaldu qizil kartochka olgach, "Barselona" muxlislariga murojaat qilgan

Sport 13:47 / 15.08.2017 26590

"Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogining birinchi bahsida qizil kartochka olib, maydonni tark etayotganda kataloniyalik muxlislarga murojaat qildi. 

Cuatro bergan ma'lumotga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi "Barselona" muxlislariga quyidagi so‘zlarni aytgan: "Mana hozir sizlar yutasizlar, biz esa maydonda 10 kishimiz".

Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin madridliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Javob o‘yini 16 avgust kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: