Portugaliyada daraxtning olomon ustiga qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Jahon 20:21 / 15.08.2017 5287

Portugaliyada daraxtning olomon ustiga qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Voqea Madeyra orolidagi Fushal shahrida butun dunyodan minglab odamlarni jalb qiluvchi an'anaviy diniy festival Festa da Senhora do Monte vaqtida yuz bergan.

Katta daraxt cherkov oldidagi odamlar bilan liq to‘la bo‘lgan hududdga qulagan. Bu yerda festival ishtirokchilari ibodat uchun shamlar xarid qilishayotgan bo‘lgan. Voqea oldidan ko‘cha bo‘ylab yurish boshlanishi kerak edi, biroq keyingi tantanalarni bekor qilishga qaror qilingan.

Ma'lum qilinishicha, daraxt qulashi oqibatida yana kamida 35 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Ular orasida yosh bolalar, jumladan bolalar aravachasida bo‘lgan bir bolakay ham bo‘lgan. Ko‘pchilik jarohatlanganlar suyak sinishi va bosh jarohatlari bilan mahalliy shifoxonaga jo‘natilganlar. 

Voqea joyida politsiyachilar, qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam xodimlari ish olib borishgan.

Ko‘proq yangiliklar: