Sharlotsvill meri shahardagi tartibsizliklarda Trampni aybladi

Jahon 07:54 / 14.08.2017 6888

AQShning Sharlotsvill shahri meri Mayk Zigner shaharda yaqinda yuz bergan tartibsizliklarda AQSh prezidenti Donald Trampni aybladi. Zignerning aytishicha, Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasi bilan odamlar o‘rtasida radikal kayfiyatning o‘sishiga sababchi bo‘lgan. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“U o‘tkazgan kampaniyaga bir qarang, bir qator muvaffaqiyatsiz tugagan qoralash, tanqid qilish, indamaslikka urinishlarga bir qarang”, deb aytgan Zinger.

Avvalroq Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster Sharlotsvilldagi tartibsizliklarni terakt deb hisoblashini aytgandi.

12 avgustga o‘tar kechasi yuzlab millatchilar shahar rahbariyatining general Robert Li haykalini olib tashlash rejasiga qarshi shahar ko‘chalariga chiqqan. Bu general AQShdagi fuqarolik urushida janubliklar tomonda jang qilgan. Shu bilan birga millatchilar va ularga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: