«Real» Ronalduga qo‘llangan diskvalifikatsiya bo‘yicha apellyatsiya beradi

Sport 23:22 / 14.08.2017 18901

«Real» klubi o‘z hujumchisi Krishtianu Ronalduning 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi yuzasidan apellyatsiya beradi. Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) madridliklar jamoasining Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgani uchun Ronalduga jazo tayinlagandi.

RFEF futbolchining bu harakatlarini agressiv deya baholab, uni qizil kartochka uchun 1 o‘yinga, hakamni turtgani uchun 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilgandi.

Agar bu jazo o‘z kuchida qoldirilsa, Ronaldu «Barselona»ga qarshi Superkubok javob o‘yinini, shuningdek Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Ko‘proq yangiliklar: