Venesuela prezidentining o‘g‘li Oq uyni qo‘lga olish bilan tahdid qildi

Jahon 18:26 / 13.08.2017 11572

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘li AQSh prezidenti mamlakatda harbiy amaliyot o‘tkazishga uringan taqdirda, unga javob qaytarishga va'da berdi. Politico shu haqida xabar berdi.

"Agar AQSh vatanimizda harbiy amaliyotni amalga oshirishga harakat qilsa, Nyu-Yorkda ham bu holat takrorlanadi, Oq uy qo‘lga olinadi", - deydi 27 yoshli Maduro Guerra.

Bundan avval mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes "AQSh hukumatini ekstremistlar elitasi" boshqarishini aytib, ulardan har qanday tashqi xavfni kutish mumkiligini bildirgan edi. 

Gap shundaki, AQSh rahbari 11 avgust kuni so‘zlagan nutqida quyidagi gaplarni aytib o‘tgan edi: "Biz Boliviyadagi mojarolarni hal qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarga egamiz, jumladan mamlakatda harbiy operatsiya o‘tkazish imkoniyatiga ham". 

Keyinroq Maduroning amerikalik hamkasbi bilan telefon orqali bog‘lanishga uringaniga doir ma'lumot paydo bo‘ldi, biroq Tramp u bilan suhbatlashishni istamagan. 

"AQSh Nikolas Maduro rejimi tomonidan qiyin ahvolga tushgan Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident Tramp mamlakatda demokratiya tiklanishi bilanoq Venesuela yetakchisi bilan bajonidil suhbatlashadi", - deya javob berilgan Oq uy matbuot xizmatida.

Ko‘proq yangiliklar: