MRB direktori yaqin orada yadro urushi bo‘lishini istisno etdi

Jahon 19:40 / 13.08.2017 13651

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning keskinlashishi ortida uning ixtiyorida bo‘lgan razvedka ma'lumotlari yaqin orada yadro urushi boshlanishi imkoniyatini istisno qilishini aytdi.

“Men biz yadro urushi yoqasida turganimizni qo‘rsatuvchi birorta razvedka ma'lumotini ko‘rmadim”, deb aytgan u Fox News telekanaliga.

Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti ma'muriyati Shimoliy Koreyani hamon tahdid sifatida qabul qilmoqda va “AQSh avvalgidek sabr-toqat qilib o‘tirmaydi”.

Joriy haftada Pxenyan va Vashington bir-biriga nisbatan tahdidlar bilan almashdi. Avval Tramp Shimoliy Koreya AQShga nisbatan tahdid qilishni bas qilmasa, Vashington “olov va g‘azab” bilan javob berishi bilan tahdid qilgan. Pxenyanda bunga javoban AQShning Andersen aviabazasi va Apra-Xarbor dengiz bazasi joylashgan Guam oroliga raketa zarbasi berish imkoniyati o‘rganilayotgani aytilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: