Misrdagi halokatli to‘qnashuvdan keyin ikki poyezd mashinisti hibsga olindi

Jahon 18:50 / 13.08.2017 7079

Misr prokuraturasi Iskandariya shahri chekkasida to‘qnashib ketgan ikki poyezd mashinistini hibsga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqida MENA agentligi xabar berdi. 

Shuningdek mashinistlar organizmda narkotik modda bor yoki yo‘qligini aniqlovchi testdan o‘tishga mahkum. 

Ta'kidlanishicha, ular prokuratura qaroriga muvofiq 15 kunga hibsga olingan. 

11 avgust kuni kunduzi Iskandariya shahri chekkasida ikki poyezd to‘qnashuvi qayd etilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida 49 kishi halok bo‘lgan, yana 123 nafari jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: