Marokashda ingliz tilini o‘rganishga chorlovchi juda qaltis reklama joylashtirildi

Jahon 07:42 / 13.08.2017 13229

Marokashda tillarga o‘rgatuvchi Morrocan maktabi Kasablanka ko‘chalarida mahalliy aholi orasida norozilikka sabab bo‘lgan reklama shitlarini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Al-Arabiya telekanali.

Reklamada boshiga to‘pponchani yo‘naltirgan odam qiyofalangan va “Agar siz hali ham inglizchada gaplashmayotgan bo‘lsangiz (davomi arabchada – tahr.) o‘zingizni o‘ldiring”  degan yozuv bitilgan.

Ta'kidlanishicha, poytaxt Kasablanka aholisi va rahbariyati norozilik bildirgandan keyin maktab o‘z e'lonini olib tashlab, uzr keltirgan.

Ko‘proq yangiliklar: