Kaliforniya kurortida dam oluvchilar olti metrli kitni ko‘rishmadi (video)

Jamiyat 14:40 / 13.08.2017 21918

Kaliforniyaning Montage Laguna Beach kurortidagi suv havzasining sayoz joyidan kulrang kit suzib o‘tdi. Uni na qirg‘oqdagilar va na suvda suzayotganlar ko‘rishmadi. 

Drondan turib olingan video Orange County Outdoors sayti muharririga tegishli. U kitning paydo bo‘lishi odamlar orasida vahima keltirib chiqarishini kutgan, biroq uni hech kim sezmagan. Rolik muallifining so‘zlariga ko‘ra, bu juda qo‘rqinchli, axir odamlar akulani ham xuddi shunday sezmasligi mumkin-ku!

Rolik National Geographic va MSN saytlarida joylangan. Mazkur rolik ikki kun ichida 1,5 million martdan ko‘proq ko‘rilgan.

Ko‘proq yangiliklar: