Xitoyliklar Shimoliy Koreyada paydo bo‘lgan vaziyatdan unumli foydalanmoqda

Jahon 11:34 / 13.08.2017 26252

Xitoylik tadbirkorlarning ayrimlari Shimoliy Koreyada paydo bo‘lgan sharoitdan foydalanib, arzon ishchi kuchi evaziga "Xitoyda ishlab chiqarilgan” (Made in China) yorlig‘i yopishtirilgan mahsulotlarni shimoldagi Dangdong viloyatida tayyorlamoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning eksporti salohiyatida, ko‘mir va boshqa minerallardan so‘ng, yengil sanoat mahsulotlari 752 million AQSh dollari bilan katta ahamiyatga ega. Mamlakat umumiy eksport hajmi 2016 yilning o‘zida 4,6%ga oshib, 2,82 milliard AQSh dollarni tashkil etgan.

O‘tgan hafta davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan koreys hukumatiga nisbatan jazo sanksiyalarining, jumladan ko‘mir eksportini qabul qilmaslik, tashqi iqtisodiyotni tang ahvolga solib qo‘ydi. Shundan so‘ng koreys iqtisodiyotining Xitoy tomoniga og‘ishib borishi kuchaydi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida Shimoliy Koreyaning Xitoyga eksport hajmi deyarli 30%ga oshib, 1,67 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Xitoylik tadbirkorlarning ta'kidlashicha, mazkur yuzaga kelgan vaziyat mahsulot tan narxining 75%gacha arzonlashuviga imkoniyat bermoqda.

"Bu yerdagi koreys ishchilari xitoyliklar kabi faqat pul uchun mehnat qilmaydi, balki vatani va shaxsiy farovonligi uchun ham kurashadi", deydi ana shunday korxona rahbarlaridan biri.

Ko‘proq yangiliklar: