Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish muddati e'lon qilindi

Jahon 09:59 / 13.08.2017 8889

Buyuk Britaniya 2019 yilning martida Yevroittifoqni (YeI) tark etishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga mamlakat Bojxona ittifoqi va YeI umumiy bozoridan ham chiqadi. Bu haqida moliya vaziri Filip Xemmond va tashqi savdo vaziri Liam Foks bergan ma'lumotga asoslanib, The Sunday Telegraph xabar berdi

"Biz Bojxona ittifoqidan chiqamiz va mustaqil, ochiq savdo derjavasi sifatida eng foydali savdo bitimlari muhokamasi uchun erkinlikka ega bo‘lamiz", - deyiladi maqolada. 

Vazirlar shuningdek Brexit'dan keyingi zarur o‘tish davri "abadiy davom etishi mumkin emas"ligini ta'kidlashdi.  

Bundan avval byudjyet bo‘yicha komissar Gyunter Ettinger Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqqanidan keyin YeI byudjyetida yiliga 12 milliard yevro yetishmasligi haqida aytgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: