Britaniyada Iroqning Kuvaytga bostirib kirishi qurol sotishga yaxshi imkoniyat sifatida qaralgan

Jahon 07:33 / 13.08.2017 5580

Britaniya hukumati 1990 yilda Iroqning Kuvaytga bostirib kirishini Fors ko‘rfazi davlatlariga qurol-aslaha sotish hajmini oshirish uchun “misli ko‘rilmagan imkoniyat” deb hisoblagan. Bu haqda Britaniya milliy arxivining oshkor qilingan hujjatlariga iqtisob qeltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.  

Taqdim qilingan hujjatlar orasida o‘sha vaqtda harbiy xaridlar bo‘yicha vazir Alan Klarkning ko‘rfaz davlatlariga safari haqidagi hisobot bor. Bu hisobot Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherga mo‘ljallangan bo‘lgan.

“Qanday siyosatni qabul qilmaylik, bu DESO (Britaniya mudofaa vazirligining eksport boshqarmasi) uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatdir», deb yozgan Klark va bu, shuningdek, Britaniya uchun qurol va snaryadlarni sinovdan o‘tkazish uchun ham imkoniyat ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Vazir, shuningdek, Fors ko‘rfazi davlatlariga maxfiy razvedka ma'lumotlarining berilishi bu davlatlar va DESO o‘rtasida mustahkam aloqalarni o‘rnatishda yordam berishini qayd qilib o‘tgan.

Avvalroq Britaniya hukumati inson huquqlarini buzuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan 20 ta davlatga qurol yetkazib berishga litsenziyani ma'qullagan.

Ko‘proq yangiliklar: