BAA fuqarosi cho‘lda adashib qolgan ikki sayyohni qutqarib qoldi

Jahon 08:31 / 13.08.2017 8415

BAAning Sharja shahridan bo‘lgan erkak cho‘lda tashnalik va oriqlanishdan o‘lim yoqasiga kelib qolgan ikki nafar yevropalik sayyohni qutqarib qoldi. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentiligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, erkak sayyohlarni tasodifan aniqlagan. Erkak ular qanday ahvolda ekanliklarini ko‘rib, ularga birinchi yordam ko‘rsatgan hamda o‘z uyida tiklanishlariga imkon bergan.

Ma'lum qilinishicha, sayyohlar yirik aholi punktlaridan ancha uzoqda topilganlar.

BAA fuqarosi bu olijanob ishi uchun Sharja amirligi politsiyasidan tashakkurnoma olgan.

Ko‘proq yangiliklar: