«Ash-Shabab»ning sobiq rahbari Somali hukumati tomonga o‘tdi

Jahon 16:54 / 13.08.2017 6662

«Ash-Shabab» radikal islom guruhining sobiq rahbari Muxtor Robou Abu Mansur Somali hukumati tomonga o‘tdi. Bu haqida harbiy amaldor bergan ma'lumotga asoslanib, Reuters agentligi xabar qildi

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ikki oy avval AQSh uning qo‘lga olinishi uchun va'da qilgan 5 million dollar mukofot pulini bekor qilgandi. 

"Robou va uning yetti soqchisi hozirda mahalliy amaldorlar bilan Xuddur shahrida. U tez orada Mogadishoga parvoz qiladi", - deya ta'kidladi Nur Muhammad. 

Ochiq manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Abu Mansur "Robou" nomi bilan mashhur. Avval u «Ash-Shabab»ning rahbari va rasmiy vakili bo‘lgan. 

2012 yilda «Ash-Shabab» guruhi «Al-Qoida» terrorchi tashkiloti bilan birlashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: